Joriy yilning 29 sentyabr sanasida Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazida 1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda mehmon sifatida Respublika maʼnaviyat-targ‘ibot markazi Olmazor tumani bo‘limi direktori Muazzam Alibayeva; tarixchi olim Burxoniddin Zaynitdinov, O‘zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi-shoir Bobur Bobomurod hamda Respublika Musiqa va sanʼat kolleji o‘quvchilari ishtirok etishdi
Uchrashuv davomida quyidagi:
“Ajdodlar mardona ruhi bizga yor”
“Mustabid tuzumning 1937-1938 yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan qatag‘on siyosati va uning mudhish oqibatlari”;
“Tejamkorlik -farovonlik asosi”;
“O‘zbek tili bayrami”;
“Halqaro Farmatsevtlar kuni” mavzulari bo‘yicha maʼruzlar tinglandi va o‘zaro do‘stona suhbat bo‘lib o‘tdi.
Bayramona ruhiyatda bo‘lib o‘tgan tadbir yakunida el ardog‘idagi shoir Bobur Bobomurod ijrosida shoir qalamiga mansub sheʼrlar tinglandi va Respublika Musiqa va sanʼat kolleji o‘quvchilari tomonidan jonli ijroda musiqalar ijro etilib, barcha qatnashuvchilarga o‘zgacha kayfiyat ulashildi.
Davlat markazi Axborot xizmati