Mahalliy tadbirkorlar ishtirokida navbatdagi onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi

19.02.2025 141

Mahalliy tadbirkorlar ishtirokida navbatdagi onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi


Dori vositalarining mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish va aholini sifatli, samarali hamda xavfsiz dori vositalari bilan ta’minlash yuzasidan mahalliy korxonalar ishtirokida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamkorligida navbatdagi onlayn muloqot o‘tkazildi.

Unda “OMONMEDFARM” MCHJ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan 8 nomdagi dori vositaci hamda “SERENE HEALTHCARE” MCHJ XK tomonidan ishlab chiqarilgan 3 nomdagi dori vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Onlayn uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan dori vositalarining sifat, xavfsizlik va samaradorlik mezonlariga muvofiqligi chuqur tahlil qilindi. Shuningdek, tegishli hujjatlar bo‘yicha yakuniy xulosalar shakllantirilib, kelgusi jarayonlar yuzasidan tavsiyalar berildi.