Farmakonazorat bo‘yicha navbatdagi onlayn seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda

17.02.2025 291

Farmakonazorat bo‘yicha navbatdagi onlayn seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda



Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan "Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi" MCHJ va Toshkent farmatsevtika instituti bilan hamkorlikda “Zarur farmakonazorat amaliyoti - GVP” mavzusida navbatdagi onlayn seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Unda 50 dan ortiq mahalliy korxona vakillari farmakonazorat tizimi, xalqaro talablar va O‘zbekistondagi amaliyotlar haqida fikr almashmoqda. 26 fevralga qadar bo‘lib o‘tadigan seminar davomida GVP talablari, dori vositalarining xavfsizligi va monitoringi bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar muhokama qilinadi.

Seminarda ishtirok etish istagida bo‘lganlar (97) 005-0040 va (94) 001-5005 raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.