Markaz delegatsiyasi Dita Estfarm kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

18.12.2024 1029

Markaz delegatsiyasi Dita Estfarm kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori oʻrinbosari Nozim Berdiyev boshchiligidagi delegatsiyamiz vakillari Moldovaga tashrif davomida mamlakatning yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri – Dita Estfarm faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Maʼlumot uchun, Dita Estfarm 1995-yilda tashkil etilgan boʻlib, dori vositalari va tibbiy buyumlarning importi, tarqatilishi va ulgurji savdosi bilan shugʻullanadi. Kompaniya faoliyati xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etilgan boʻlib, mahsulotlarning sifati va xavfsizligiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Vakillarimiz tashrif davomida Dita Estfarmʻning zamonaviy distribyutorlik tarmoqlari, sifat nazorati tizimi va logistika jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, kompaniyaning xalqaro hamkorlik tajribasi, farmatsevtika mahsulotlarini Moldova hududidagi dorixonalar va tibbiy muassasalarga yetkazib berish boʻyicha nazorati ishlari haqida maʼlumotga ega boʻlishdi.