“IMUDON-PHARM” MCHJga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi

17.12.2024 188

“IMUDON-PHARM” MCHJga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan sifatsiz va qalbakilashtirilgan dori vositalari muomalasiga chek qoʻyish maqsadida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Samarqand shahrida joylashgan “IMUDON-PHARM” MCHJga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasidan “IMUDON-PHARM” MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2024-yil 4-aprelrda berilgan 253647-sonli litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DMning Samarqand shahar iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda  “IMUDON-PHARM” MCHJga berilgan litsenziya bekor qilindi.

Amaldagi qonunchilik xujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reestriga kiritilganligini maʼlum qilamiz.