Butunrassiya tibbiy texnikalar ilmiy-tadqiqot va sinov instituti bilan anglashuv memorandumi imzolandi

14.11.2024 444

Butunrassiya tibbiy texnikalar ilmiy-tadqiqot va sinov instituti bilan anglashuv memorandumi imzolandi

 

Moskva shahrida "Novamed-2024 - tibbiy buyumlar aylanmasi" IV Butunrossiya xalqaro forumi oʻz ishini boshladi. Tadbirda Braziliya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, Birlashgan Arab Amirligi, Eron, Misr, Efiopiya hamda Saudiya Arabistoni regulyator organlari qatorida Oʻzbekistondan "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi"DM direktori Alisher Temirov boshchiligida markaz vakillari ham ishtirok etmoqda.

 

Mazkur xalqaro forum –  tibbiyot mahsulotlari va buyumlari ishlab chiqarish, xavfsizlik, sifat nazorati, va ularni amaliyotga tatbiq etishga bagʻishlangan yirik anjuman hisoblanib, unda dunyoning yetakchi regulyator organlari, tadqiqot institutlari va farmatsevtika sohasidagi yetakchi kompaniyalar vakillari bir maydonda jam boʻlishadi.

 

Bugun forumning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligining "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM hamda Rossiya Sogʻliqni saqlashni nazorat qilish federal xizmatining “Butunrossiya tibbiy texnikalar ilmiy-tadqiqot va sinov instituti” Federal davlat byudjet muassasasi oʻrtasida memorandum imzolandi.

 

Ushbu anglashuv memorandumi doirasida Oʻzbekiston va Rossiya, tibbiy buyum va tibbiy texnikalar sifatini nazorat qilish va xavfsizligini taʼminlash sohasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi.