Markazda Ekspertlar kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

04.11.2024 914

Markazda Ekspertlar kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida 26-sonli Ekspertlar kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda mahalliy va xorijiy davlatlar ishlab chiqaruvchilari taqdim etgan:

  •  12 nomdagi dori vositalari, 43 nomdagi tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Hamda 20 nomdagi dori vositalari va 1 nomdagi tibbiy buyum va tibbiy texnikani roʻyxatdan oʻtkazish rad etildi.
  •  29 nomdagi dori vositalari, 2 nomdagi tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini amal qilish muddati uzaytirildi. Hamda 12 nomdagi dori vositasini roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini amal qilish muddatini uzaytirish rad etildi.
  •  Davlat roʻyxatidan oʻtgan 37 nomdagi dori vositalari va 1 nomdagi tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomalari hamda roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga ruxsat etildi. 3 nomdagi dori vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi hamda roʻyxatdan oʻtkazish hujjatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish rad etildi.
  •  2 nomdagi dori vositalari klinik tadqiqotlar oʻtkazishga tavsiya etildi.