“Farmakonazoratning tegishli amaliyoti - GVP” standarti tasdiqlandi

02.11.2024 1314

“Farmakonazoratning tegishli amaliyoti - GVP” standarti tasdiqlandi


Prezidentning 2024 yil 23 yanvardagi “Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-20-son Farmonida dori vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan, xalqaro standartlar talablari asosida “Zarur farmakologik nazorat amaliyoti — GVP” standartini joriy etish belgilangan edi. 
Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM tomonidan Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy - tadqiqot instituti bilan hamkorlikda  “Farmakonazoratning tegishli amaliyoti - GVP" standarti ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bu standart joriy yil 1 noyabrdan amalga kiritiladi.
Ma’lumot uchun “Farmakonazoratning tegishli amaliyoti (GVP)” standarti  dori preparatlarining xavfsizligi nazorati, dori preparatlarining «foyda-xavf» nisbatidagi barcha o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, dori preparatlarining foydasi xavfidan yuqori bo‘lganda ulardan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tadbiq etishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Farmakonazorat bo‘limi