"Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar" mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtmoqda

17.10.2024 979

"Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar" mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtmoqda

“Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasida Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent farmatsevtika instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar" mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻz ishini boshladi.

Unda Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Daniya, Hindiston, Suriya, Ukraina, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston davlatlaridan tashrif buyurgan 250 dan ortiq ekspertlar qatorida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.

Xalqaro anjuman doirasida yalpi va 7 ta seksiya majlislari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Bunda, 100 dan ortiq olim va ekspertlarning ilmiy hisobotlari maʼruza qilinadi.