Farmakonazorat va postmarketing nazorati sohalari boʻyicha Rossiya tajribasi oʻrganilmoqda

17.10.2024 674

Farmakonazorat va postmarketing nazorati sohalari boʻyicha Rossiya tajribasi oʻrganilmoqda

Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Sogʻliqni saqlashni nazorat qilish federal xizmati bilan hamkorlikda farmakonazorat va postmarketing nazorati sohalarida Rossiya tajribasini oʻrganishga qaratilgan oʻquv seminari boʻlib oʻtmoqda. Unda mamlakatimizdan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari faol ishtirok etmoqda.

Mazkur oʻquv seminari farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash va nazorat qilish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish, ayniqsa, postmarketing nazoratini samarali tashkil etish maqsadida tashkil etilgan.

Ishtirokchilar seminar davomida Rossiya Federatsiyasining farmakonazorat tizimidagi ilgʻor tajribalari, amaliy yondashuvlari hamda xalqaro talablarga javob beradigan nazorat mexanizmlari bilan tanishish imkoniga ega boʻlishadi.