MedSafetyWeek-2024: Xavfsiz dori vositalari uchun hamkorlik

14.10.2024 621

MedSafetyWeek-2024: Xavfsiz dori vositalari uchun hamkorlik

Joriy yilning 4-10-noyabr kunlari 92ta davlat regulyator organlari bilan bir qatorda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ham MedSafetyWeek - 2024 haftaligida ishtirok etadi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Uppsala Monitoring markazi tomonidan har yili oʻtkaziladigan ushbu global tadbir — dunyoda dori vositalarining xavfsizligiga alohida eʼtibor berish va ularning nojoʻya tasirlarini kuzatish hamda xabar qilishning ahamiyatini targʻib qilishga qaratilgan.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi yurtimizdagi sogʻliqni saqlash mutaxassislari, farmatsevtlar, dorixona xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillarini ushbu haftalikda faol ishtirok etishga chorlaydi.