10.10.2024
996
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi tomonidan statistik maʼlumotlar yangilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida
2024-yilning 1-oktyabr holatiga koʻra:
Dori vositalarini ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega 69 ta korxona;
Dori vositalarini tayyorlash uchun litsenziyaga ega 147 ta korxona;
Dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega 485 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi 13203 ta dorixona (shulardan 8248 tasi asosiy dorixona, 4955 tasi filial) faoliyat olib bormoqda.