Tibbiy buyumlar va texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha Turkiya va Yevropa tajribasi oʻrganilmoqda

09.10.2024 246

Tibbiy buyumlar va texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha Turkiya va Yevropa tajribasi oʻrganilmoqda

 

Shu kunlarda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xodimlari Turkiya Dori vositalari va tibbiy buyumlari agentligi tomonidan tashkillashtirilgan oʻquv kursi doirasida Turkiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari misolida tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek, postmarketing nazoratini samarali tashkil etish boʻyicha malaka oshirmoqda.

Mazkur oʻquv kursining maqsadi - milliy tartibga solish tizimini takomillashtirish, sohada global tajribalarni oʻrganish, shuningdek, postmarketing nazorati tizimini amaliyotga tadbiq etishdir.

Kurs davomida ishtirokchilar Turkiya va Yevropa Ittifoqi davlatlaridagi meʼyoriy hujjatlar, davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonlari va postmarketing nazorati boʻyicha amaliy bilimlarni oʻzlashtirmoqdalar.

Oʻquv kursi, ayniqsa, sohaning xalqaro miqyosdagi rivoji va zamonaviy talablaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekistonda tibbiy buyumlar nazorat tizimini takomillashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oʻz navbatida, mamlakatimizda aholining sogʻligʻini himoya qilish, xavfsiz va sifatli tibbiy buyumlar yetkazib berishga xizmat qiladi.