Laboratoriyalar faoliyatidagi eng muhim jihatlardan biri – uskunalarni muntazam ravishda yangilash va modernizatsiya qilishdir.

11.09.2024 1553

Laboratoriyalar faoliyatidagi eng muhim jihatlardan biri – uskunalarni muntazam ravishda yangilash va modernizatsiya qilishdir.

 

Yangi asbob-uskunalar va texnologiyalarni amaliyotga joriy etish xalqaro standartlarga rioya qilish imkonini berish barobarida toʻgʻridan-toʻgʻri farmatsevtik mahsulotlar sifat nazoratining samaradorligiga taʼsir qiladi. Natijada nazorat jarayonining aniqligi, tezligi va ishonchliligini sezilarli darajada yaxshilanadi.

 

Ayni shu maqsadda Vaksinalar, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi oʻz moddiy texnik bazasini zamonaviy "Leica DM 500" biologik mikroskopi hamda uning  rangli raqamli kamerasi "Flexicam i5" va kerakli aksessuarlari bilan toʻldirdi.

 

Ushbu uskuna yorugʻlik maydoni usuli boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish uchun moʻljallangan boʻlib, ilgʻor optik tizimi hamda tasvirlar hamda ranglarni toʻgʻridan toʻgʻri kompyuter monitoriga uzatish imkoniyati tufayli aniq va batafsil tasvirlarni taqdim etadi. Shuningdek, mikroskop kamerasi tezkor suratga olish va tasvirlarni videoyozuv qilish imkonini beradi.

 

Aytish joiz, bu uskuna farmatsevtik mahsulotlarning mikrobiologik nazoratida mikroorganizmlarni tadqiq qilish va ularning identifikatsiyasini amalga oshirishda qator qulayliklar yaratadi.