Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

30.08.2024 1618

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

 

Farmreyd: Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bagʻdod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.D. “Qorakoʻl”  MFY hududidagi dorixonada norasmiy faoliyat yuritib, fuqaro M.X.ga 100 dona “Gabapentin kanon” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 250 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonada 623 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.