Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining navbatdagi noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

24.08.2024 1292

Farmreyd: Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining navbatdagi noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan DXX Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining navbatdagi noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Tezkor tadbir davomida Sergeli tumanida oldindan tezkor kuzatuvga olingan 2 nafar shaxs to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganida, ulardan biriga tegishli Nexia-2 mashinasida 1344 dona «Regapen 300 mg» va 30 dona «Tropikamid 10 ml» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlandi. Shuningdek, avtomashina orqa o‘rindig‘idagi ryukzak ichidagi oyoq kiyimga ham 56 dona «Regapen 300 mg» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi yashirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.