“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi delegatsiyasi Rossiyaning Sank-Peterburg shahridagi “Gerofarm” korxonasining ishlab chiqarish maydonlariga tashrif buyurdi.

10.07.2024 1262

Gerofarm - Rossiya farmatsevtika kompaniyasi, Rossiyaning top 20 ta yetakchi farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilaridan biri. Faoliyat yo'nalishlari: nevrologiya, endokrinologiya, oftalmologiya. Dunyoning 5 ta davlatida vakolatxonalari mavjud. Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Ta'lim va fan vazirligining Federal maqsadli dasturlari doirasidagi loyihalarni amalga oshiradi. "Farma-2020" dasturini amalga oshirish doirasida "Gerofarm" kompaniyasi Obolenskda (Moskva viloyati) moddani sintez qilishdan tayyor dori shaklini chiqarishgacha bo'lgan to'liq sikldagi genetik muhandislik asosida insulinining yagona Rossiya sanoat ishlab chiqarishini yo'lga qo'ygan. Zavod 2021 yildan EpiVacCorona koronavirus vaksinasini ishlab chiqarishni boshlagan.

Tashrif davomida Markazning laboratoriya mutaxassislari kompaniyaning Sank-Peterburg shahridagi  ishlab chiqarish maydonlarida bo‘lishdi. Uchrashuv davomida delegatsiyaga kompaniya farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari taqdimot qilindi, delegatsiya aʼzolari va kompaniya mutaxassislari oʻrtasida tajriba almashildi, shuningdek, laboratoriya yo‘nalishida olib borilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishtirildi.