Hurmatli yurtdoshlar va soha mutaxassislari!

02.07.2024 1120

Hurmatli yurtdoshlar va soha mutaxassislari!

Xabaringiz bor, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasida farmasevtika sohasidagi korrupsiya holatlarini oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida Komplayens-nazorat xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

❗️Endi Siz, sohadagi qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, @uzpharmcontrolbot yoki farmkomitet@ssv.uz elektron pochtasi, shuningdek, +998 71 203-01-01 (2385) ishonch telefoni orqali bevosita markazga murojaat qilishingiz mumkin.

Har bir murojaat shaxsan Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori nazorati ostida qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Murojaatlar shaxsga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmagan holda o‘rganiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha hujjatlar zarur hollarda qonuniy baho berish uchun tegishli vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun, anonim murojaatlar (jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yohud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan murojaatlar) O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonunining 29-moddasi 1-qismi ikkinchi xatboshisiga asosan ko‘rib chiqilmasligini ma'lum qilamiz.