Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olind

28.06.2024 1309

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan o‘takazilgan tezkor tadbirida “V.D3” MCHJga qarashli dorixona shoxobchasi mudiri N.X. hech qanday hujjatsiz 20 dona “GABANERV” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.Q.ga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan jami 677 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.X. fuqaro D.B.ga 5 quti “Fatzorb” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan 23 quti dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departament hamda DXXning Uchquduq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro U.D. “Navoiy” MFY hududidagi savdo do‘konida fuqaro M.X.ga 3 quti “Reduksin laym” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 4,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 409 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.