20.03.2024
1429
Farmreyd: Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.J., M.K. va boshqalar tarkibida inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 120 dona “Pregabalin Capsules” nomli dori vositasini fuqaro A.A. ga 4,8 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, M.K.ning avtotransport vositasidan tarkibida 0,15 gramm faol giyohvand moddasi mavjud bo‘lgan “Marixuana” hamda 750 ming so‘m qalbki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining xulosasiga ko'ra, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.