Qozog'istonda 15-Yevrosiyo farmatsevtika forumi bo'lib o'tmoqda

01.03.2024 1117

Avval xabar berganimizdek, bugun Qozog‘istonning Olma-ota shahrida 15-Yevrosiyo farmatsevtika forumi o‘z ishini boshladi.

Sohaga doir dolzarb masalalar bo‘yicha muhokama panel sessiyalari va ekspetlar bilan yuzma-yuz diaologlar o‘rin egallagan mazkur forumda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan 350 dan ortiq ishtirokchi va 100 nafar maʼruzachi qatnashmoqda. Jumladan soha vakillaridan iborat O‘zbekiston delagatsiyasi vakillari ham ushbu tadbir spekerlari qatoridan o'rin egallagan.

 

Forumning birinchi kunida "Dori vositalari narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi: yondoshuv va usullar muhimligini tahlil qilish" mavzusida bo‘lib o‘tgan plenar muhokamada Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Agzam Nartayev o‘z ma‘ruzasi bilan ishtirok etdi.

 

Hamda ushbu yonalishda, shuningdek, mamlakatimizda farmatsevtika mahsulotlari muomalasini tartibga solish Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tadbir qatnashchilariga batafsil ma‘lumot berdi.

Ta'kidash joiz, har yili o'tkazilib kelinadigan ushbu forum farmatsevtika bozori holatini xolisona baholash, dolzarb muammolarni ochiq muhokama qilish va tartibga soluvchi organlar bilan muloqotda eng samarali yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi.