Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

13.02.2024 1665

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.S. 200 dona, fuqaro A.A. 40 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini jami 9,6 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, I.S.ning “MATIZ” rusumli avtotransport vositasidan jami 112 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi hamda oq rangli kukunsimon “Mefedron” moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan Sh.B. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro B.S.ga 90 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 100 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatda olingan.

Departamentning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “O.l.” MCHJ va dorixonasi sotuvchisi R.J. fuqaro F.X.ga 10 dona “Tebantin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotib, unga ushbu dori vositasidan yana 40 donasini olib kelib berishi evaziga 300 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro X.X. fuqaro S. B.ga 25 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati