Ayni kunlarda mamlakatimiz miqyosida keng koʻlamli “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish oyligi” oʻtkazilmoqda. Mazkur oylik doirasida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Narkotiklarni nazorat qilish qo'mitasi raisi Ismatjon Azizov Yoshlar press-klubi ko'rsatuvida ishtirok etdi.
Unda mutaxassislar tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ularning natijalari xususida keng ma’lumotlar berildi.
Aholining salomatligini saqlash, ayniqsa, yoshlarning giyohvandlik va narkotik moddalar iste’mol qilishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, mazkur yo‘nalishdagi targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.