Sohadagi korrupsiya va noqonuniy dori aylanmasiga qarshi kurashish zarurligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi

29.01.2024 1558

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda kun tartibidagi asosiy masalalardan tashqari viloyat hokimlari boshchiligida tashkil etilgan farmatsevtika kengashlari faoliyati ko‘rib chiqildi.

Hali birorta hududda ushbu kengashlar amaliy ishlarni boshlamagani qayd etildi.

Mahalliy dorilarni ro‘yxatga olish jarayonida byurokratik to‘siqlarni tugatish, sohada korrupsiya va noqonuniy dori aylanmasiga qarshi kurashish zarurligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.

Yaqinda farmatsevtika sohasida qabul qilingan 1,9 milliard dollarlik loyihalar dasturi bo‘yicha amaliy ishlarni tezroq boshlash zarurligi ta’kidlandi.