Dorilar bilan bog‘liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlashga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi

26.01.2024 1848

“Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-iyuldan boshlab:

☑️ dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlovchi, ulgurji hamda chakana realizatsiya qiluvchi tashkilotlar aholini sifati, xavfsizligi va samaradorligi kafolatlangan dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash uchun masʼul bo‘lgan tashkilot sifatida eʼtirof etiladi hamda ularga nisbatan davlat nazoratini amalga oshirishning alohida qoidalari belgilanadi;

☑️ dori vositalaridan foydalanish bilan bog’liq, potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan, xalqaro standartlar talablari asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi:
 
"Zarur farmakologik nazorat amaliyoti-GVP" standartini joriy etish;

Sog‘liqni saqlash vazirligida tibbiyot tizimining barcha bo'g‘inlaridan dori vositalarining nojo‘ya taʼsirlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yig‘ish hamda tahlil qilish imkonini beruvchi elektron axborot tizimi yaratish;
 
dori vositalarini tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etishda ularning xavfsizligini nazorat qilish tizimi joriy etiladi. Bunda, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan farmakologik nazorat tahlili natijalari asosida inson salomatligiga zarar yetkazish xavfi yuqori bo‘lgan moddalar ro‘yxati shakllantiriladi.