Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida, muassasa direktori Agzam Nartayev boshchiligida Ekspertlar kengashining 2024 yildagi ilk yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda xorijiy davlatlar ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan tibbiy buyum, tibbiy texnika va ularning butlovchi qismlarini qonunchilikda belgilangan tartibda tan olish yo'li bilan davlat ro'yxatidan o'tkazishga tavsiya etish, shuningdek, Xorijiy davlatlar ishlab ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan tibbiy buyum va tibbiy texnikani O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini amal qilish muddatini uzaytirishga tavsiya etish va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalariga o‘zgartirish kiritish hamda rad etish bo‘yicha bir qator masalalar muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida Ekpertlar kengashi tomonidan:
✅ Xorijiy davlatlar ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan va tan olish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga hujjat topshirilgan 14 nomdagi tibbiy texnika, tibbiy buyumlar va ularning butlovchi qismlarini Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq tan olish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga;
✅ Xorijiy davlatlar ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga hujjat topshirilgan 8 nomdagi tibbiy buyum va tibbiy texnikani Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga;
✅ Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan ishlab chiqarilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga hujjat topshirilgan 1 nomdagi tibbiy buyumni klinik sinovlarining ijobiy xulosalari asosida Vazirlar Maxkamasining tegishli qarori asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga;
✅ Xorijiy davlatlar ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan 6 nomdagi, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan 1 nomdagi tibbiy buyum va tibbiy texnika laboratoriya sinovlari natijasida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini amal qilish muddatini uzaytirishga;
Shuningdek, 1 nomdagi mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan tibbiy buyumni ishlab chiqarish sharoiti o’rganilgandan keyin navbatdagi Ekspert kengashga olib chiqishga;
✅ Xorijiy davlat ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqarilgan 1 nomdagi tibbiy texnikasini ro’yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasiga o‘zgartirishlar kiritishga;
✅ Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan 2 nomdagi tibbiy buyumlarini ishlab chiqarish sharoiti o’rganilgandan keyin navbatdagi Ekspert kengashga olib chiqishga tavsiya etildi.
✅ Xorijiy davlat ishlab chiqaruvchisi tomonidan, tan olish yo‘li bilan davlat ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida topshirilgan tibbiy texnikasini korxonaning o'zining murojaati asosida rad etildi.
✅ Xorijiy davlat ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqarilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida topshirilgan 1 nomdagi tibbiy buyumni ro’yxatdan o’tkazish hujjatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun;
Mahalliy ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqarilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida topshirilgan 1 nomdagi tibbiy buyumni ro’yxatdan o’tkazish hujjatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi 213-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi asosida 10 ish kunidan kam bo‘lmagan muddat berildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar bo'yicha batafsil quyidagi jadval ma’lumotlarida tanishishingiz mumkin.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati