Qarshi shahrida psixotrop dori vositalarini noqununiy sotgan dorixonalar aniqlandi

06.01.2024 939

Qarshi shahrida psixotrop dori vositalarini noqununiy sotgan dorixonalar aniqlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari hamkorligida Qashqadaryo viloyatida psixotrop dori vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda sohaga doir bir qator qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

Jumladan, Qarshi shahridagi "Nika farm servis" MCHJga tegishli dorixonada 160 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi, "ISLOM-FARM-MEDIKAL" MCHJga tegishli dorixonada 50 dona tabletkadan iborat "Gabaten" nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi noqonuniy ravishda sotilganligi aniqlanib, mazkur dorixonalar xodimlari ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ushbu holatlar yuzasidan hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.