Dori vositalari tarkibini tekshirish nazorati kuchaytirildi

29.12.2023 1295

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida dori vositalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi umumiy 92 ta, dori vositalarini ulgurji realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi 538 ta korxona hamda dori vositalarini dorixona sharoitida tayyorlovchi 141 ta dorixona faoliyat yuritmoqda.

Aholi salomatligini muhofaza qilish, yurtimizga kirib kelayotgan dori vositalarining zararli taʼsirlarini oldini olish hamda ularning tarkibidagi yot moddalarni aniqlash maqsadida, 2023-yil 14-sentabrda “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” direktorining “Dori vositalarining etilenglikol va dietilenglikol bilan kontaminatsiyalanishiga oid noxush holatlarni oldini olish to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi. 

Hamda hozirga kungacha Markaz va uning filiallari laboratoriyalarida 1000 dan ortiq seriyadagi dori vositalari tarkibida etilenglikol va dietilenglikolni aniqlash sinovlari amalga oshirildi.

Ta'kidlash joiz, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan kelgusida dori vositalarining nojo‘ya taʼsirlari to‘g‘risidagi tezkor maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda nojo‘ya taʼsirlar to‘g‘risidagi xabarlarni vakolatli organga real vaqt rejimida tezkor yetkazish tizimini joriy etish rejalashitirilmoqda.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati