Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi xodimlari attestatsiyadan o'tkazildi

22.12.2023 1263

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi tegishli qarori bilan, mansabdor shaxslar nazorat qiluvchi organ tomonidan uch yilda kamida bir marta attestatsiyadan oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, bugun "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasida Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi mutaxassislari oʻrnatilgan tartibda attestatsiyadan oʻtkazildi.

 

Maʻlumot uchun, Oʻzbekiston Respulbikasi Prezidentining 2023 yil 20-iyundagi 197-son qarori bilan tasdiqlangan Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil qilish dasturiga muvofiq, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash yoʻli bilan davlat tomonidan boshqarishni taʻminlash SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasiga yuklatilgan.

 

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshligʻi Kamolxon Abduraximov, “Radiks” farmatsevtika kompaniyasi direktori Abdugʻofur Karimov, Iqtisodiyot va moliya ishlari boʻyicha Markaz direktori oʻrinbosari Shoyadbek Vasiyev hamda muassasa mutaxassislari ishtirokida boʻlib oʻtgan attestatsiyada Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasining 24 nafar xodimi tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazildi.

Taʻkidlash foiz, mazkur attestatsiya Muassasaning tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshiruvchi xodimlar malakasi va professionallik darajasini baholash, shuningdek, ularning nazorat organi faoliyatiga hamda tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirishga taalluqli qonunchilik talablariga rioya etilishi uchun masʼuliyatini oshirish maqsadida oʻtkazildi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati