Rasmiy munosabat

05.12.2023 1190

"Kusherbayevga murojaat" telegram kanalida Yangiyo‘l shahrida yashovchi fuqaro onasiga tegishli noturar joydagi binoni dorixona uchun ijaraga berganligi, tegishli sertifikati mavjud bo‘lmagan dori vositasi sotganligi uchun sud qarori bilan mazkur dorixona litsenziyasi bekor qilinganligi hamda fuqaro bu manzilni dorixona ochmoqchi bo'lgan boshqa tadbirkorga ijaraga berganda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan litsenziya berilmayotganligi aytilgan.

SSV Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi holat yuzasidan quyigilarni ma'lum qiladi:

Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan qonun hujjatlari buzilishi shu jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini shakllantirish tartibi qo‘pol buzilganligi oqibatida litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reyestri yuritilmoqda.

Ta'kidlash joiz, ushbu reyestrga kiritilgan maʼlumotlar ular kiritilgan vaqtdan eʼtiboran uch yil muddat davomida saqlanadi.

☑️ Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan "Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash pasporti" 9-bandiga muvofiq:

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalashda qonunchilik hujjatlarining buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi bekor bo‘lgan dorixona, dorixona filialining manzillari reyestriga kiritilmagan bino (xonalar)ning mavjudligi talab etiladi.

Farmatsevtika mahsulotlari 
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati