Global Pharmaceutical Leaders’ Club tomonidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan IV Yevroosiyo farmatsevtika sammiti o‘z ishini boshladi.
To‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli anjumanda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Agzam Nartayev boshchiligida Markaz mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.
Sammitda so‘zga chiqqan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Agzam Nartayev O‘zbekistonda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi hamda qalbaki, sifatsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar shuningdek, farmatsevtika faoliyatiga doir qonunchilik hujjatlarini qayta ko'rib chiqish taklifi xususida to‘xtalib o‘tdi.
Bugungi kun tartibidan xalqaro miqyosdagi ekspertlar hamda yirik kompaniya va tartibga soluvchi organlarning vakillari bilan davra suhbatlari, muhokamalar, shuningdek, distribyutor va dorixona tarmoqlari mutaxassislari bilan yakkama-yakka uchrashuvlar joy olgan.
Eslatib o'tamiz, bu galgi sammitga go'zal va hamisha navqiron Samarqand shahri mezbonlik qilmoqda.