Soha fidoiylari mehnatlari e‘tirof etildi

30.08.2023 1654

Mustaqilligimizning 32 yilligi arafasida mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini xususan, farmatsevtika sohasini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining bir guruh mutaxassislari “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ular quyidagilar:

Abdullayev Saidislom Rustamovich — Farmakologiya qo‘mitasi raisi;

Abduraxmonov Baxrom Sunnatovich — Yangi tibbiy texnika qo‘mitasi raisi;

Ishanxanov Shuxratxon Xikmatxonovich — Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i;

Kayumova Lobar Nurutdinova — 
Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi keyingi sifat nazoratini o‘tkazuvchi guruh bosh mutaxassisi;

Yusupova Ilixamiya Muxamedovna —
Farmakopeya qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi.