Deligatsiyamizning Turkiyaga safari davom etmoqda

25.08.2023 1357

Amaliy tashrif bilan Turkiyaning Anqara shahrida bo’lib turgan vakillarimiz tashrif doirasida Turkiya dori vositalari va tibbiy buyumlar agentligi rahbari Dr. Asım Hocaoğlu bilan uchrashdi.

 (https://telegra.ph/file/7e41a33a2b57144b9fdd4.png)Maʼlumot uchun, Turkiya farmatsevtika va tibbiy buyumlar agentligi (TİTCK) (https://www.titck.gov.tr/) – 1946 yil Farmatsevtika va tibbiy preparatlar bosh boshqarmasi sifatida tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda farmatsevtika sohasini nazorat qiluvchi vakolatli organ hisoblanadi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda O'zbekiston va Turkiya o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash va kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘z mamlakatlarida farmatsevtika mahsulotlari nazorati, xususan ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, laboratoriya tekshiruvlari, GxP talabi bo'yicha inspektsiya o'tkazish shuningdek, faoliyatni litsenziyalashdagi talab va shartlar haqida batafsil ma‘lumot berib, bu yo'nalishda regulator organlarning tutgan o'rni haqida alohida to'xtatlib o'tildi.

Shuningdek, O'zbekiston farmatsevtika sohasining rivojlanish strategiyasi va istiqboli mavzusida taqdimot o'tkazilib, mamlakatimiz aholisini sifatli, arzon va xavsiz dori vositalari bilan ta'minlashda olib borilayotgan ishlar xususida so'z yurtildi.