“Oʼzbekiston farmatsevtik xabarnomasi” jurnali hamkorlikka taklif etadi

03.08.2023 2644

“Oʼzbekiston farmatsevtik xabarnomasi” jurnali hamkorlikka taklif etadi

Inson salomatligiga bevosita taʼsir etuvchi dori vositalarining muomalasini isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiluvchi mavjud huquqiy mezonlar asosida tashkil etish, buning uchun sohaga tegishli barcha hujjatlarni toʼplash, ularni farmatsevtika va tibbiyot sohasidagi mutaxassislarga va jamoatchilikka yetkazish maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi taʼsisligida “Oʼzbekiston farmatsevtik xabarnomasi” farmatsevtika jurnali chop etib kelinadi.

Maʼlumot uchun ushbu jurnal ommaviy axborot vositasi sifatida davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan boʼlib, ilk bor 1996 yilda chop etilgan. 2010 yil 6 avgust sanasida jurnalga Milliy Savdo palatasi (hozirda Savdo-sanoat palatasi) tomonidan Xalqaro standart seriya raqami ISSN 2181-0311 berilgan. Shuningdek, mazkur jurnal Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʼyxati” ga kiritilgan.

Tibbiyot va farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan hurmatli tadbirkorlar, soha vakillari va qadrli mutaxassislar oʼz faoliyatingizdagi muhim yangiliklar, ilmiy ishlanmalar, xizmatlar va mahsulotlar haqidagi maʼlumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish niyatida boʼlsangiz unda “Oʼzbekiston farmatsevtik xabarnomasi” jurnali tahririyati barchangizni hamkorlikka taklif etadi

Taʼkidlash joiz, har chorakda nashr qilinadigan mazkur jurnal nafaqat bizning respublikamizda, balki uning tashqarisida ham, tibbiyot va farmatsevtika sohasida faoliyat koʼrsatayotgan mutaxassislarning keng doirasida qiziqish bilan oʼqiladi.

☎️ Murojaat uchun telefon: 
+99871 203-01-01: ichki (2360 - 2362)