Samarqand shahrida qalbaki dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

01.08.2023 1367

Samarqand shahrida qalbaki dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Samarqand shahar boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro А.X. oʼzi yashab kelayotgan koʼp qavatli uyning 1-yoʼlagidagi qoʼshimcha xonada yashirin sex tashkil qilganligi aniqlangan.

“Бекот Амино” va “Монасил НЕО” nomli dori vositalarining muvofiqlik sertifikatini qalbakilashtirib, goʼyoki ushbu dori vositalari “R.M.” qoʼshma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilganligi toʼgʼrisida poligrafiya yozuvlarini yopishtirib, noqonuniy ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʼullanib kelayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan jami 5 mingdan ziyod qalbaki dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.    

 Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186³-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʼtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʼtkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.