JSST "Tetratsiklin gidroxloridi USP 1%" surtma dori preparati haqida ogohlantirmoqda!

24.02.2023 2343

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2023 yil 22 fevral sanasida eʼlon qilgan tibbiy mahsulot to‘g‘risidagi №2/2023-sonli xabarnomasida:

Hindistonning "Galentic Pharma Pvt. Ltd." kompaniyasi ishlab chiqargan oftalmologiyada qo‘llaniladigan "Tetratsiklin gidroxloridi USP 1%" surtma dori preparati turli mamlakatlarga har xil markirovka yorlig‘i ostida yetkazib berilgani shuningdek, baʼzi partiyalarda bir qator sifat muammolari boriligini maʼlum qilib, mazkur dori preparatini ehtiyotkorlik yuzasidan qo‘llamaslikni tavsiya qildi.

Shu o‘rinda, Sog‘liqni saqlash vazirligi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” yuqorida qayd etilgan, Hindistonning Galentic Pharma Pvt. Ltd., tomonidan ishlab chiqarilgan "Tetratsiklin gidroxloridi USP 1%" dori preparati O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligini bildiradi.

Hurmatli yurtdoshlar!

Dori vositalarni qo‘llash chog‘ida Sizda nojo‘ya reaksiyalar kuzatilsa, avvalo davolovchi shifokoringizga murojaat qiling!

Shifokor esa quyidagi havolada ko‘rsatilgan shakldagi xabarnomani farmakonadzor@ssv.uz elektron pochtasiga yoki 100002, Toshkent sh., Ozod ko‘chasi, K. Umarov tor ko‘chasi, 16-uy manziliga jo‘natishi talab etiladi.

Murojaat uchun: (71) 203-01-01 | 4144

Davlat markazi Axborot xizmati