Tibbiy buyumlar ro‘yxatiga nimalar kiradi?

09.01.2023 1587

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2016 yil 29 iyundagi  60-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2809-son, 12.07.2016) bilan Tibbiy buyumlar ro‘yxati tasdiqlangan. Mazkur ro‘yxatda 27 to‘plamdagi tibbiy buyumlar jamlanmasi o‘rin olgan:

- Tibbiyot bog‘lov materiallari;
- Tibbiyot tikuv materiallari;
- Teshish, inyeksiya, transfuziya, so‘rib olishga mo‘ljallangan tibbiy buyumlar;
- Angiografiya, angioplastika, dializ, gemodializ, plazmoferez, sunʼiy qon aylanishida qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar;
- Stomatologiya va ortodontiya tibbiy buyumlari;
- Oftalmologiya tibbiy buyumlari;
- Akusherlik, ginekologiya va urologiya tibbiy buyumlari;
- Otorinolaringologiya tibbiy buyumlari;
- Anesteziologiya va reanimatsiya uchun tibbiy buyumlar;
- Protez-ortopediya buyumlari va implantant vositalari;
- Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar;
- Tashxis vositalari;
- Rezina, rezinamatoli, lateksli va polimer tibbiy buyumlar;
- Kontratseptivlar;
- Birinchi tibbiy yordam buyumlari;
- Bemorlarni parvarishlash tibbiy buyumlari;
- in vitro tashxis buyumlari.

Izoh:
Mazkur Ro‘yxatda nazarda tutilgan tibbiy buyumlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etiladi.
Mazkur Ro‘yxatda nazarda tutilgan tibbiy buyumlar alohida to‘plam holatida, tibbiy texnikaning sarf qismi sifatida yoki tibbiy texnikaning to‘plami tarkibida bo‘lishi mumkin.

Davlat markazi Axborot xizmati