Joriy yilning 20 oktyabr va 15 noyabr kunlari Andijon va Samarqand viloyatida Dori vositalari tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi mutaxassislari tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan bosqichma-bosqich joriy etilayotgan, dori vositalari va tibbiy buyumlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimi va uning ahamiyati mavzusida navbatdagi uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda Markazning viloyatidagi shoʻba korxonalari xodimlari hamda Andijon, Farg‘ona va Namangan shuningdek, Samarqand viloyatlarida farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida farmatsevtika mahsulotlarining importi va ularning ulgurji va chakana realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning obmorxona tizimida raqamli markirovkalangan mahsulotlarni kirim-chiqimini qayd etuvchi hamda agregatsiyalovchi uskunalar va dasturiy taʼminotlarni o‘rnatish, moslashtirish masalalari haqida tushuncha berildi.
Uchrashuv yakunida qatnashchilar tomonidan mavzuga doir berilgan savollar va takliflar mutaxassislar ishtirokida muxokama qilindi.
Davlat markazi Axborot xizmati