Prezident qaroridagi vazifalar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

25.11.2022 2307

«Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUKda Markaz direktorining birinchi o‘rinbosari Amirxon Azimov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 oktyabrdagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-411-son qaroridagi vazifalar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Markaz mutasaddilari va 60 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur yig‘ilish kun tartibidan o‘rin egallagan bir qator vazifalar, jumladan:

- Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida topshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish xujjatlarini topshirish muddatining maksimal va minimal vaqti. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini tasdiqlashni kechiktirishning mumkin bo‘lgan xatarlari;

- Klinik tadqiqotlarni o‘tkazish tartib-talablari, shartlari, tartibga soluvchi hujjatlar, tayinlash mezonlari;

- Ishlab chiqarish maydonlarini tekshirish tartibi va shartlarini, tayinlash mezonlarini aniqlashtirish;

- Farmakonadzor sohasidagi talablarning o‘zgarishi va qonunchilikdagi yangiliklar, mezonlar (Vazirlar Maxkamasining 213-son qaroriga muvofiq);

- Umumiy-tartibga soluvchi hujjatlardagi so‘zlarning ravshanligi masalasidagi tushunmovchiliklar hamda ularning turli mutaxassislar tomonidan noaniq talqin qilinishiga sabab bo‘lishi;

- Tan olish yo‘li orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun topshirilgan dori vositalarini maketlarini tasdiqlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek yig‘ilishda Davlat markaz direktorining birinchi o‘rinbosari Amirxon Azimov Prezident qarorida ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha bir qancha o‘zgartirishlar kiritilganligini, bunda asosan mahalliy ishlab chiqaruvchilar xorijiy davlatlar ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan substansiyalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bekor qilinganligini taʼkidlab, tadbir qatnashichilarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Davlat markazi Axborot xizmati