O‘zbekiston Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tashabbusini eʼtirof etib, Farmakoterapiya xavfsizligi haftaligi “MedSafetyWeek-22"da ishtirok etmoqda.
Bu yil 82 mamlakatning sog‘liqni saqlash sohasidagi milliy nazorat organlari Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti Uppsala dori vositalari xavfsizligini monitoring qilish markazi (UMC) homiyligida o‘tkazilayotgan, dori preparatini qo‘llanilishi chog‘ida kuzatiladigan noxush reaksiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni yuborishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Shu o‘rinda “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” Farmakonazorat bo‘limi, dori preparatlarini xavfsizligi va samaradorligi uchun juda qimmatli bo‘lgan maʼlumotlarni to‘plashga qaratilgan shifokorlar saʼy-harakatlarini qadrlaydi va tibbiyot xodimlarini dori vositalarini qo‘llash chog‘ida kuzatiladigan noxush reaksilar bo‘yicha darxol xabar berishga chaqiradi.
Hurmatli yurtdoshlar! Agarda Siz dori vositalarni qo‘llash chog‘ida uning nojo‘ya taʼsir holatiga duch kelsangiz, belgilangan tartibda Davlat markaziga murojaat qiling. Buning uchun xabarnoma kartasi shaklini yuklab olishingiz va to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.
Word shaklida to‘ldirilgan xabarnoma kartasi shakllarini quyidagi elektron pochtaga - farmakonadzor@ssv.uz yoki 100002, Toshkent sh., Ozod ko‘chasi, K. Umarov tor ko‘chasi, 16-uy manziliga jo‘natishingiz kerak. Murojaat uchun: (71) 203-01-01 | 4144
Eslatib o‘tamiz, Farmakoterapiya xavfsizligi haftaligi “MedSafetyWeek-2022” 7 noyabrdan 13 noyabrgacha davom etadi.
Davlat markazi Axborot xizmati