Noqonuniy muomalada ekanligi aniqlangan farmatsevtika mahsulotlari ekspertizadan o‘tkazildi

08.11.2022 2356

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining Huquqni muhofaza qilish organlari murojaatlari bilan ishlash bo‘limga joriy yilning oktyabr oyi davomida Huquqni muxofaza qiluvchi organlar hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 95 ta murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaatlar asosida noqonuniy muomalada ekanligi aniqlangan dori vositalari va tibbiy buyumlar belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazildi.

Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, 593 turdagi 25476 o‘ram farmatsevtika mahsulotlari, jumladan:

94 turdagi 5753 o‘ram - davlat ro‘yxatidan o‘tgan; 
200 turdagi 8139 o‘ram - davlat ro‘yxatidan o‘tmagan; 
62 turdagi 3173 o‘ram - muvofiqlik sertifikati mavjud;
188 turdagi 7624 o‘ram - muvofiqlik sertifikati mavjud emas;
27 turdagi 672 o‘ram - yorliqlash  ko‘rsatkichi bo‘yicha (kontrafakt);
21 turdagi 82 o‘ram - yaroqlik muddati tugagan (sifatsiz);
1 turdagi 33 o‘ram - qalbakilashtirilgan (Zardeks d/v bir necha marotaba takrorlangan holda) tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi aniqlandi.

Davlat markazi tomonidan yuqoridagi aniqlangan holatlar bo‘yicha laboratoriya tahlillari haqidagi tegishli maʼlumotlar murojaatchilarga taqdim qilindi.

Eslatib o‘tamiz, «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 20-moddasidaga muvofiq cifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish,  chakana realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi!

Davlat markazi Axborot xizmati