Davlat markazi tomonidan 242 ta tibbiyot muassasalarida qiyoslash va sinash ishlari amalga oshirildi

24.10.2022 1494

Mamlakatimizda laboratoriyaga oid funksional tadqiqotlar sifatini yaxshilash, metrologik taʼminotni rivojlantirish, tibbiyot tashkilotlarida foydalaniladigan tibbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish va uni sinovdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish asosida aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini va xavfsizligini oshirish maqsadida "Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi"ining Qiyoslash laboratoriyasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, laboratoriya mutaxassislari tomonidan joriy yilning 9 oyi mobaynida yurtimizdagi 242 ta tibbiyot muassasalarida qiyoslash va sinash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, mazkur muassasalardagi 1754 dona o‘lchash vositalari sifatli va meʼyoriy hujjatlar talabiga javob berishi aniqlangan.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida 103 ta o‘lchash vositalari sifatsiz va meʼyoriy hujjatlar talabiga javob bermasligi aniqlanib, yaroqsiz va sifatsizligi aniqlangan tibbiy o‘lchash vositalarini qayta taʼmirlash yoki hisobdan chiqarib qayta ishlatilmasligi to‘g‘risida davolash profilaktika muassasalari maʼsul xodimlariga ko‘rsatmalar berildi.

Hurmatli yurtdoshlar! Davlat ro‘yxatidan o‘tgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifatsiz, belgilangan talablarga nomuvofiq ishlab chiqarilgan, nuqsonli holatlari yuzasidan eʼtirozingiz bo‘lsa, unda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining telegram messenjeridagi @uzpharmagency_bot aloqa botiga yoki (71) 203-27-77 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

Davlat markazi Axborot xizmati