Markirovkalash bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh aʼzolari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

12.10.2022 2161

Joriy yilning 7 oktyabr sanasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Davlat markazining Raqamli texnologiyalarni joriy etish va axborot xavfsizligi boshqarmasi hamda Davlat soliq qo‘mitasi va “CRPT TURON" kompaniyasi masʼul xodimlari ishtirokida Respublikamizda ishlab chiqariluvchi va O‘zbekiston hududiga chetdan olib kelinadigan xorijiy dori vositalarini raqamli markirovkalash masalalari tahliliy muhokama qilindi.

Shuningdek yig‘ilishda dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kundan boshlab, ularni raqamli markirovkalanmagan holda sertifikatsiyadan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmasligi, bojxona ombori hududida dori vositalarini markirovkalash hamda stikerlarni yelimlash usuli orqali dori vositalarini majburiy raqamli markirovkalash tartibiga o‘tish va boshqa masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Davlat markazi Axborot xizmati