Hindistonda “IPHEX va Global Regulators Conclave” Global regulyatorlar konklavi o‘tkazildi

26.09.2022 3905

Hindistonning dori vositalarni tartibga soluvchi milliy organi hamda Hindiston hukumatining Savdo sanoat vazirligi tomonidan tashkil etilgan Hindiston farmasevtika mahsulotlari eksportini rivojlantirish kengashi (Pharmexcil) tomonidan joriy yilning 21-23 sentyabr kunlari Nyu-Dehli shahrida “IPHEX va Global Regulators Conclave” Global regulyatorlar konklavi o‘tkazildi.

“Pharmexcil” kengashining rasmiy taklifiga binoan mazkur anjumanda O‘zbekistondan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Zarur amaliyotlar markazi” direktori Aziz Do‘smatov va “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” Farmakopeya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Yaxʼyayevlar o‘z maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun, Global regulyatorlar konklavining asosiy yo‘nalishlari:

▪️ hududlar ichida va o‘rtasida tartibga solish standartlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha mumkin bo‘lgan hamkorlik;
▪️ tibbiy mahsulotlarga qulay foydalanish uchun o‘zaro ishonch mexanizmi;
▪️ tibbiy mahsulotlar uchun taʼminot zanjirining mustahkamligini taʼminlash;
▪️ hududlar bo‘ylab rivojlanayotgan meʼyoriy o‘zgarishlar haqida xabardorlikni oshirish masalalarni o‘z ichiga oladi.

Davlat markazi Axborot xizmati