Qiyoslash laboratoriyasi tomonidan navbatdagi o‘quv seminar va trening tashkil qilindi

17.09.2022 3872

Joriy yilning 14 sentyabr sanasida Davlat markazining katta majlislar zalida Qiyoslash laboratoriyasi tomonidan tibbiyot tashkilotida metrologik taʼminotni tashkil qilish yuzasidan Toshkent shahrining barcha tug‘ruq kompleks hamda perinatal markazi bosh hamshiralari uchun navbatdagi o‘quv seminar va trening tashkil qilindi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarufidagi davolash profilaktoriyasida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini o‘z vaqtida qiyoslash bo‘yicha sertifikatlashtirish va metrologik taʼminotni taminlash maqsadida maʼsul xodimlarga amaliy yordam berish hamda ularning amaliy ko‘nikma va bilimlarini yana-da mustahkamlash uchun tashkil qilingan mazkur seminar davomida Qiyoslash laboratoriyasi mudiri Nodirbek Abdullayev ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil maʼlumot va javoblar berdi.

Eslatib o‘tamiz, tibbiyotda qo‘llaniladigan tibbiy o‘lchash vositalarini metrologik qiyoslash (tekshirish) xizmatlarini olib boruvchi Qiyoslash laboratoriyasi tomonidan joriy yilning 2 avgust sanasida Toshkent shahrining 12 tuman bosh hamshiralari uchun, shuningdek, 8-12 avgust kunlari Toshkent shahrining barcha oilaviy poliklinikalari bosh hamshiralari uchun maxsus o‘quv seminar va treninglar tashkil qilingan edi.

Davlat markazi Axborot xizmati