Xabaringiz bor, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” DUKda tibbyotda qo‘llaniladigan tibbiy o‘lchash vositalarini metrologik qiyoslash (tekshirish) xizmatlarini olib boruvchi Qiyoslash laboratoriyasi o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Joriy yilning 2 avgust sanasida mazkur laboratoriya mutaxassislari tomonidan poytaxtimizdagi “Grand Mir Hotel” mehmonxonasida Toshkent shahrining 12 tuman tibbiyot birlashmalari bosh hamshiralari uchun, shuningdek, 8-12 avgust kunlari Davlat markazining katta majlislar zalida Toshkent shahrining barcha oilaviy poliklinikalari bosh hamshiralari uchun maxsus o‘quv seminar va treninglar tashkil qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi davolash profilaktoriyasida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini o‘z vaqtida qiyoslash bo‘yicha sertifikatlashtirish va metrologik taʼminotni taminlash maqsadida maʼsul xodimlarga amaliy yordam berish hamda ularning amaliy ko‘nikma va bilimlarini yana-da mustahkamlash uchun tashkil qilingan mazkur seminar davomida Qiyoslash laboratoriyasi mutaxassislari ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil maʼlumot va javoblar berishdi.
Eslatib o‘tamiz, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK Qiyoslash laboratoriyasi tomonidan tibbiyot birlashmalaring murojatiga asosan, 2021 yildan 2022 yilning iyul oyiga qadar 310 ta davolash profilaktika muassasalari tomonidan kelib tushgan arizalarga asosan 3097 dona tibbiy o‘lchash vositalari qiyoslangan.
Davlat markazi Axborot xizmati