Joriy yilning 26-27 sentyabr kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida "Lab-Qurultai 2022" - Yuqori texnologiyali laboratoriya yechimlari ishlab chiqaruvchilarining birinchi Markaziy Osiyo forumi bo‘lib o‘tdi.
BatafsilTashrif davomida "DANHSON-BG MCHJ rahbariyati va mutaxassislari bilan mahsulotlarni kuzatish tizimini joriy etish hamda dori vositalariga referent narxlarni qayd etish bo‘yicha xalqaro tajriba, shu bilan birga, axborot tizimlari integratsiyasi xususiyatlari bo‘yicha tashkilotlarning amaliy ko‘nikmalarini o‘rganishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazildi.
BatafsilFarmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi»ning Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organi joriy yilning iyul-avgust oylarida sertifikatlashtirish jarayonida nomuvofiqligi aniqlangan farmatsevtika mahsulotlari to‘g‘risida maʼlumot berdi.
BatafsilYoshi kattalarni davolashdagi kabi pediatrik amaliyotda davolash vaqtida qo‘llanilayotgan dori vositalarining bola organizmiga bo‘lgan taʼsirini o‘rganish juda muhimdir! Shifokor va farmatsevtlar bolalarga bittadan ortiq dori vositasi buyurilganda jigar shikastlanishi (gepatit, xolestaz, fibroz, steatogepatit) mumkinligini yodda tutishlari zarur.
BatafsilHindistonning dori vositalarni tartibga soluvchi milliy organi hamda Hindiston hukumatining Savdo sanoat vazirligi tomonidan tashkil etilgan Hindiston farmasevtika mahsulotlari eksportini rivojlantirish kengashi (Pharmexcil) tomonidan joriy yilning 21-23 sentyabr kunlari Nyu-Dehli shahrida “IPHEX va Global Regulators Conclave” Global regulyatorlar konklavi o‘tkazildi.
BatafsilFransiyaning Strasburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa farmakopeyasi 11-nashriga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Tibbiy mahsulotlar sohasidagi siyosat va standartlar departamenti va Xalqaro farmakopeya rahbari Gwaza Luther hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari Farmakopeya konvensiyasining farmatsevtik hamkorlik bo‘yicha bosh menedjeri janob Dr. Moore Kevin bilan uchrashishdi.
BatafsilO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 apreldagi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 149-sonli qaroriga muvofiq joriy etilayotgan, dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash ishlari yuzasidan “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi”ning Qashqadaryo va Andijon viloyatidagi shoʻba korxonasida uchrashuvlar tashkil etildi.
BatafsilMazkur konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi bosh muharriri Xabibulla Djalilov davlat farmakopeyasi 1-nashri, 2-jildining 3 qismdan iborat bo‘lgan kitob ko‘rinishdagi va elektron shakllarinin Sog‘liqni saqlash va dori vositalari sifati bo‘yicha Yevropa direktorati (EDQM) rahbariyatiga taqdim etdi.
BatafsilJoriy yilning 13-21 sentyabr kunlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi”da Postmarketing nazorati tizimini joriy etishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan postmarketing nazorati jarayonining to‘liq siklini sinov tariqasida o‘tkazishni o‘rganish maqsadida “Xavfga yo‘naltirilgan Postmarketing nazorati” mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi.
BatafsilJoriy yilning 19 sentyabr kuni Fransiyaning Strasburg shahrida Sog‘liqni saqlash va dori vositalari sifati bo‘yicha Yevropa direktorati tomonidan Yevropa farmakopeyasining 11-nashrining chop etilishi va amaliyotga tatbiq etilishi munosabati bilan “Hamkorlik, innovatsiya va ilmiy mahorat” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
Batafsil