Narkotik moddalarni nazorat qilish qoʻmitasi
Ushbu maʻlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish toʻgʻrisida” gi 330-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom 1-ilovasida belgilangan.
Ushbu maʻlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish toʻgʻrisida” gi 330-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom
2-ilovasida belgilangan.
Kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning chakana realizatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-4438-son Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida” gi 818-son qarorida belgilangan.
Hozirda “Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar aylanishi tartibini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi tayyorlanib, unda “Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxati”ga kiritilgan alohida dori vositalari («*» bilan belgilangan) muomalasini, yaʼni ularni olib kirish (olib chiqish), tashish, saqlash, sotish (berish), ishlab chiqarish, tayyorlash, tibbiyotda foydalanish va yoʻq qilish kabi faoliyat turlarini tartibga solish loyihasi ishlab chiqildi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 181-moddasi hamda 2021-yil
20-apreldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 40-moddasining
2-qismida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomili murakkablashtirilishini va tadbirkorlik faoliyati subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy eʻlon qilingan kundan eʻtiboran kamida uch oydan keyin kuchga kirishi belgilangan.
Ushbu maʻlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida” gi 315-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan
Ushbu maʻlumot https://uzpharm-control.uz/ru/pages/register-of-licenses-for-activities-related-to-trafficking-in-narcotic-drugs veb-sahifasiga joylashtirilgan.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni chakana realizatsiyasi bilan shug‘ullanadigan dorixonalarda kuzatish kamerasi o‘rnatilishi talab etiladi
Yillik ehtiyojdan ortiq miqdorlar uchun qo‘shimcha miqdor Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari nomlariga asoslangan xat orqali so‘ralishi mumkin.