Farmakologiya qo‘mitasi, “SWIXX BIOPHARMA” MCHJ tomonidan Plakvenil plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 200 mg №60 dori vositasining xavfsizligi bo‘yicha olingan maʼlumotlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi. Sanofi-Aventis S.A. (Ispaniya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Plakvenil plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 200 mg №60 dori vositasi O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan (RU № DV/X 02889/04/17 от27.04.2022 y.). Yevropa dori vositalari agentligi (YEMA) “Hydroxychloroqune early in pregnancy and risk of birth defects” (2021) tadqiqotidan olingan natijalarda gidroksixloroxin sulfati yuqori sutkalik dozalarda qo‘llanganda homila rivojlanishining jiddiy tug‘ma nuqsonlari potensial xavfi va boshqa yangi xavflar aniqlanganini eʼtirof etib, dori vositalarining xavfsizligini rejali baholash doirasida referent davlatda lokal qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomaning “Fertillik, homiladorlik va emizish davri” bo‘limlarini yangilashni (o‘zgartirish kiritish) tavsiya etgan. Shu bilan birga, Sanofi-Aventis S.A. kompaniyasi tomonidan gidroksixloroxin bilan davolash natijasida aniqlangan yangi xavflar qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomaning “Maxsus ko‘rsatmalar va qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari” va “Nojo‘ya taʼsirlari” bo‘limlariga kiritilgan.
25.12.2024
41