Farmakologiya qo‘mitasi 2 ta shtat yetakchi mutaxassisi lavozimlari bo‘yicha ishga qabul qilish tanlovi e’lon qilinadi:

03.04.2024 2038

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasida mavjud vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida Tartib”ga asosan Farmakologiya qo‘mitasi
2 ta shtat yetakchi mutaxassisi
lavozimlari bo‘yicha ishga qabul qilish tanlovi e’lon qilinadi:

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak.

Farmakologiya qo‘mitasi 2 ta shtat birlikdagi yetakchi mutaxassis lavozimlariga talablar:

Mazkur lavozimga oliy ma’lumotga (tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishida) ega bo‘lgan (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega yoki magistratura yoki klinik ordinanturani o‘tgan shaxslarga afzallik beriladi), tibbiyot va farmatsevtika sohasida kamida 3 yildan kam bo`lmagan stajga ega bo‘lgan shaxs Farmakologiya qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi lavozimiga tayinlanadi.

Ushbu lavozim bo‘yicha nomzodlar ariza va unga ilova qilingan ma’lumotnomani web sayt yoki farmkomitet@ssv.uz pochtasiga yuborishlari mumkin. Bog‘lanish uchun (71) 203-01-01 (2001) raqamiga qo‘g‘iroq qilish mumkin.

Ushbu e’lon Tartibga asosan 7 kalendar kun mobaynida amal qiladi.